Yangi yil bayrami uchun Toshkentning qayeridan chiroyli archalar sotib olish mumkin?

Repost.uz tahririyati bayram uchun Yangi yil archasi, bezak va boshqa oʻyinchoqlar sotib olishingiz mumkin boʻlgan doʻkonlar roʻyxatini tuzdi

Yangi yil bayrami uchun Toshkentning qayeridan chiroyli archalar sotib olish mumkin?

Foto: espanarusa.ru

Yangi yil bayrami yaqinlashishi bilan hamma uy bezatish, archa sotib olish, uyni bayram oʻyinchoqlariga toʻldirish taraddudiga tushib qoladi. Ushbu bayram oʻzi bilan iliqlik, sehr va moʻjizalarga boʻlgan ishonchni olib keladi.

Bu bayramni turli-tuman oʻyinchoqlar, bezaklar va ayniqsa, bayram archasisiz hech kim tasavvur qilolmasa kerak. Umuman olganda mana shu narsalar oʻzi bilan birga barchaga Yangi yil kayfiyatini baxsh etadi. Shunday qilib, tahririyatimiz oʻz obunachilari uchun bayram archasini sotib olishi mumkin boʻlgan doʻkonlar roʻyxatini tuzib chiqdi.

Quyida roʻyxat bilan tanishing:

Elki.uz

Yangi 2023-yil uchun noyob va ajoyib dizaynga ega archa sotib olmoqchimisiz? Unda siz oʻzingiz qidirgan turdagi archalarni aynan elki.uz saytidan topishingiz mumkin. Buyerda archa sanʼati ustalari tomonidan eʼtirof etilgan haqiqiy moʻjizalar bor. Ushbu saytda bayram archasini sotib olsangiz, uning turli xil materiallar, konuslar va hatto rezavorlar kombinatsiyasi boʻlishiga amin boʻlishingiz mumkin. Bunday kompozitsiya sizni va mehmonlaringizni albatta quvontiradi.

Telefon: 90 968 82 22

Narxlari 1 150 000 soʻmdan 6 860 000 soʻmgacha

Ijtimoiy tarmoqlar: Instagram

Homemarket.uz

Koʻpchilik toshkentliklar uchun sevimliga aylanib ulgirgan ushbu doʻkonda turli koʻrinish va turfa rangdagi archa xarid qilishingiz mumkin. Homemarket.uz assortimenti oʻz mijozlariga kerakli rang va oʻlchamdagi archa sotib olish, shuningdek, oʻzlarining sevimli Yangi yil bezaklarini olish imkonini beradi. Yangi yil arafasida siz quvonch va oʻyin-kulgining sehrli muhitini his qilishingiz mumkin.

Telefon: 71 205-05-05

Narxlari 999 000 soʻmdan 10 599 000 soʻmgacha

Ijtimoiy tarmoqlar: Instagram

Techno.uz

Yangi 2023-yilni nishonlash uchun archa va boshqa oʻyinchoqlarning katta assortimentiga ega yana bir yaxshi onlayn-doʻkon. Techno.uz saytida siz oʻz didingizga mos archani qiynalmay topa olishingiz mumkin. Eng muhimi, bu yerdagi narxlar ancha arzon va sifati aʼlo darajada, demak, bayram archasi bir necha yillar davomida uyingizni bezatadi.

Telefon: 98 888 93 30

Narxlari 340 000 soʻmdan 4 390 000 soʻmgacha

Arthouse Tashkent

Art House Tashkent doʻkonlarida Yangi yil muhitini his qilishga harakat qiling. Doʻkon xodimlari siz orzu qilgan archa, shuningdek, archangizga mos keladigan yangi yil bezaklarini topishga yordam beradi. Doʻkonning yangi yil assortimentiga ishoning, u yerda har qanday narxda bayram archasini topishingiz mumkin. Bundan tashqari, xaridorlar saytda oʻz tanlovlarini amalga oshirishlari va oʻz vaqtida yetib boradigan eltib berish xizmati orqali buyurtma berishlari mumkin.

Telefon: 71 233-35-15

Narxlari 1 633 000 dan 47 519 000 soʻmgacha

Ijtimoiy tarmoqlar: Instagram

Elki.uzb

Yilning eng sehrli bayramiga juda oz vaqt qoldi, lekin siz hali bayram archasini olib ulgurmadingizmi? Demak, yaqinlashib kelayotgan bayram haqida oʻylash va uyingiz uchun bezak — Yangi yil archasi tanlash vaqti keldi. Yangi yilga oz vaqt qolganida xaridorlar doʻkonlarni kezib oʻtib, qimmat narxlarda archa sotib olishadi. Elki.uzb sayti bilan tanishing, kerakli model va hajmdagi archa xarid qiling.

Telefon: 99 300 99 53

Narxlari 1 000 000 dan 9 000 000 soʻmgacha

Ijtimoiy tarmoqlar: Instagram, Telegram

Novogodniye_yolki

Maʼlumki, archa sotib olish haqida qanchalik tez oʻylab koʻrsangiz va uni sotib olib, tayyor qilib qoʻyangiz, Yangi yil bayrami oldidan tashvishlaringiz shunchalik kam boʻladi. Shuning uchun “Novogodniye_yolki” dan juda tez fursatlarda uyingizga oʻzi bilan birgalikda sehr qoʻshib olib keladigan goʻzallikni xarid qiling. Ushbu doʻkon oʻz mijozlarini tez va bepul yetkazib berish, shuningdek, mualliflik sovgʻalari bilan xursand qiladi.

Telefon: 94 602 21 33

Narxlari 750 000 soʻmdan 8 100 000 soʻmgacha

Ijtimoiy tarmoqlar: Instagram, Telegram

goodveen.uz

Deyarli har bir kishi Yangi yilda qarindoshlari uchun kutilmagan syurpirizlarga vaqt va pulni ayamaydi, bu bayramlarda qulaylik va iliqlik yaratish uchun amalga oshiriladi. Insonlar ulgʻayadi, lekin qalbda bolalikdan buyon eng orziqib kutilgan kunlar oʻzgarmaydi. Bu batramni esa hech kim bayram archasisiz tasavvur qilolmasa kerak. Goodveen.uz doʻkonining assortimenti bilan yaqindan tanishing, bu yerda siz oʻzingiz xohlagan modeldagi archalarni hamyonbop narxlarda xarid qilishingiz mumkin.

Telefon: 71 2339780

Narxlari 3 500 000 dan 15 141 000 soʻmgacha

Ijtimoiy tarmoqlar: Instagram

Elka_uzbekistan

Uyda sehrli va qulay muhit yaratish vaqti keldi va Elka_uzbekistan doʻkoni bu borada sizning yordamchingizga aylanadi. Doʻkon eng arzon narxlardan Rojdestvo daraxtlari tanlovini taklif qiladi. Shu bilan birga ushbu archalarning sifati ham sizni juda hursand qiladi. Shunday qilib, siz hamyonbop narxda sifatli, chiroyli archa olishingiz mumkin. Oʻzingiz va farzandlaringiz uchun unutilmas bayramni tashkil qiling.

Telefon: 99 012 97 30

Narxlari 120 000 soʻmdan 9 000 000 soʻmgacha

Ijtimoiy tarmoqlar: Instagram

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar