Davlat tashkilotlari va hokimliklarga Yangi yil bayrami munosabati bilan korporativ tashkil qilish taqiqlangani aytilmoqda

Bayramni budjet mablag'lari va undan tashqari mablag'lar hisobidan qilish mumkin emas

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Ijtimoiy tarmoqlarda Bosh vazir Abdulla Aripov topshirig'i bilan davlat tashkilotlariga Yangi yil bayrami munosabati bilan korporativ tashkil qilish taqiqlangani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Aytilishicha, barcha turdagi davlat tashkilotlari va hokimliklarga budjet va undan tashqari mablagʻlar hisobidan Yangi yil bayrami munosabati bilan korporativ yigʻilishlarni tashkil etish taqiqlangan.

Bundan tashqari, ular bayram dasturxonini yozish va mushakbozlik uyushtirishi ham mumkin emas.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling