Jizzaxda er-xotin o'rtasidagi sodir bo'lgan janjalda er ayolini boshiga armatura bilan urib o'ldirdi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jizzax viloyatida 2-sentabr kuni yarim tungi soat ikkilar atrofida to'rt nafar farzand ota-onasi o‘rtasida janjal kelib chiqqan.
Natijada 1982-yilda tug‘ilgan er xotinining boshiga armatura bilan ikki marta urib, og‘ir jismoniy shikast yetkazgan.
Oqibatda ayol koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling