Roy Kin: "Ronalduga nisbatan hurmatsizlik bo'lmoqda"

Krishtianuni hatto JCH-2022 yulduzlari qoʻyiladigan posterga ham qoʻyishni rejalashtirishmayapti

Foto: Google source

Foto: Google source

Manchester Yunayted sobiq futbolchisi Roy Kin Krishtianu Ronaldu haqida fikrlarini aytib, MYu Ronalduga nisbatan hurmatsizlik qilayotganini ta'kidladi.

“Yunayted” Ronalduga hurmatsizlik qilmoqda. Uni transfer oynasi yopilishidan oldin qoʻyib yuborish kerak edi.

Bosh murabbiy uni saqlab qolmoqchi ekanligini aytdi. Mayli, hujumda turlicha variant boʻlishi kerak, lekin Ronalduni zaxira oʻrindigʻida oʻtirishi uchun qoldirib boʻlmaydi. U tarixdagi eng buyuklaridan biri va uning boradigan joyi yoʻqligiga ishonish – bu bemaʼnilik. Unda 4-5 ta yaxshi variant bor edi.

Ten Hag Ronalduga ishonmayapti. Biz uning yevrokuboklarda bir necha oʻyin oʻtkazganini koʻrdik xolos. Shu ketishda vaziyat bundan ham yomonroq boʻladi.

Ronalduga 2022 yilgi Jahon chempionati motivatsiya beradi, ammo uning doimo zaxirada oʻtirishi yaxshi emas. Menimcha, “Manchester Yunayted” faqat hurmatsizlik koʻrsatmoqda. Uni “Siti”ga qarshi oʻyinda maydonga tushirish kerakmidi? Balki! Hisob 0:4 ekanligini nima farqi bor? Ronaldu shunchalik koʻp gol urganki, buni undan yaxshiroq uddalagan odam yoʻq. Insonlar pressing gʻoyasiga berilib ketishgan, lekin siz shunchaki toʻpni kerakli joylarga uzatsangiz boʻldi, Krishtianu gol uradi", – dedi Kin.

So'nggi paytlarda Ronalduning ishlari unchalik ham yurishmagani uchun uni hatto JCH-2022 yulduzlari qoʻyiladigan posterga ham qoʻyishni rejalashtirishmayapti.

Posterlar Doxaning osmonoʻpar binolariga qoʻyiladi — u yerda har bir terma jamoadan bir nafardan oʻyinchi boʻladi (ular jami 32ta). ESPNʻning xabar berishicha, Ronaldu “Manchester Yunayted”dagi mavqeini yoʻqotgani uchun, bu roʻyxatga kiritilmaydi. Krishning oʻrnini MYUdagi sherigi Brunu Fernandesh yoki “Liverpul” yarim himoyachisi Jota egallashi mumkin.

Ispaniya bilan oʻyindagi magʻlubiyatdan soʻng Portugaliya OAV hatto Krishtianuni JCH-2022ga olmaslikka chaqirishdi. Masalan, A Bola gazetasi  so'nggi sonida “Kamroq Ronaldu, koʻproq Porugaliya” nomi ostida chiqdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling