Foto: RIA Novosti
Armaniston poytaxti Yerevandagi "Surmalu" savdo markazida portlash sodir bo'ldi. Bu haqda "Известия" nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, postlash oqibatida 5 kishi halok bo'lgan, 60 dan ortiq odam jarohatlangan. Yana 17 kishi bedarak yo'qolgan.
Portlash natijasida uch qavatli bino vayron bo'lgan.
Mazkur holat yuzasidan, ikki modda bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Voqea tafsilotlarini o'rganish uchun maxsus tergov guruhi tuzilgan.
Aniqlanishicha, portlash Surmalu savdo markazida pirotexnika vositalari saqlanadigan omborida sodir bo'lgan. Ikkita kuchli portlash natijasida yong‘in chiqqan va bino ham qulab tushgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling