Foto: CentralAsia
Indoneziyaning Yava orolida sodir boʻlgan zilzila qurbonlari soni 321 kishiga yetdi. Bu haqda AFP Favqulodda vaziyatlarni boshqarish milliy agentligiga tayanib xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 11 kishi bedarak yoʻqolgan. Agentlik maʼlumotlariga koʻra, zilzila oqibatida 62 mingdan ortiq uy vayron boʻlgan va 73 mingdan ortiq odam kamida 325 ta boshpanaga evakuatsiya qilingan.
Xabarga koʻra, qutqaruvchilar qidiruv ishlarini davom ettirmoqda.
Maʼlumot uchun, 21-noyabr kuni Gʻarbiy Yavaning Chianjur shahrida 5,6 magnitudali zilzila sodir boʻld. Voqea oqibatida halok boʻlganlarning aksariyati binolar qulashi yoki koʻchki qurbonlari boʻlgan. Ushbu zilzila Indoneziyadagi 2018-yilda sodir boʻlgan zilzila va uning oqibatida yuzaga kelgan sunamidan keyingi eng halokatli zilzila boʻldi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling