Foto: Videodan lavha
Filippinga yopirilgan “Nalgae” toʻfoni oqibatida 72 kishi halok boʻldi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha milliy kengash maʼlumotlariga koʻra, tabiiy hodisa natijasida 33 nafar fuqaro jabrlangan, yana 14 nafar fuqaro bedarak yoʻqolgan.
Qayd etilishicha, toʻfon tufayli 12,1 mingga yaqin odam uyini tark etishga majbur boʻlgan, ularning bir qismi evakuatsiya markazlariga joylashtirilgan.
Shuningdek, noqulay ob-havo sababli 71 ta yoʻl, 16 ta koʻprik va 58 ta dengiz portiga zarar yetgan. 12 ta shahar va munitsipalitetlarda elektr taʼminoti, ikkita aholi punktida suv taʼminotida uzilishlar kelib chiqqan. 425 ta aholi punktidagi taʼlim muassasalarida darslar toʻxtatilgan.
Maʼlumot uchun, Filippinda 27-oktabr kuni kuchli jala boshlandi. Toʻfonning tezligi soatiga 95 km ga yetadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling