Foto: Repost.uz
Yangi tahrirdagi “Mehnat kodeksi”ga muvofiq, 15 yoshga toʻlmagan shaxslar bilan ham qonuniy mehnat shartnomasini tuzishga yoʻl qoʻyilishi belgilandi.
Unga koʻra, oʻquvchilar ularning sogʻligʻiga ziyon yetkazmaydigan, oʻqitish jarayonini buzmaydigan yengil mehnatni oʻqishdan boʻsh vaqtida bajarishi mumkin boʻladi.
Jumladan, madaniy-tomosha tashkilotlarida, televideniye, radioeshittirish tashkilotlarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida ishlash boʻyicha mehnat shartnomasini tuzishga ruxsat beriladi.
Bunday holda xodimning nomidan mehnat shartnomasini uning ota-onasi (ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxs) imzolaydi. Vasiylik va homiylik organining ruxsatnomasida har kunlik ishning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan davomiyligi hamda ish bajarilishi mumkin boʻlgan boshqa shartlar koʻrsatiladi.
15 yoshga toʻlgan shaxslar qabul qilinishi mumkin boʻlgan ishlar, kasblar, lavozimlar roʻyxatlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy- mehnat masalalari boʻyicha uch tomonlama respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Yangilangan Mehnat kodeksi 2023-yil 30-apreldan kuchga kiradi.
Avvalroq, Mehnat kodeksiga qanday o'zgartirishlar kiritilayotgani haqida xabar berilgandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling