Foto: Sputnik
Energetika vaziri oʻquvchilarni onlayn taʼlimga oʻtkazish va maktablarni issiqlik va elektr energiyasidan vaqtincha uzish masalasiga oydinlik kiritdi.
Qayd etilishicha, hozirda bunday masalalar oʻrganilmoqda.
Uning soʻzlariga koʻra, maktablar issiqlik tizimidan uzilgan taqdirda ham, tizimlar muzlab qolmasligi yoki “avariya”viy holatlar kelib chiqarmasligi uchun qandaydir isitish tizimlari faoliyat koʻrsatib turishi kerak boʻladi.
“Masofaviy taʼlimni berish uchun ham oʻqituvchi ish joyiga kelib, dars tayyorlashi, tegishli infrastrukturadan foydalanishi kerak. Bunday cheklov kiritishni hojati yoʻq. Chunki hozirgi kundagi maktab, ayniqsa taʼlim muassasalariga yaratib berilgan sharoit, u yerda koʻrilgan choralar issiqlik taʼminotini toʻliq taʼminlash imkoniyatini beradi”, — deydi Joʻrabek Mirzamaxmudov.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling