Parijda "Oltin to'p" topshirish marosimi bo'lib o'tadi

Katta ehtimol bilan Karim Benzema "Oltin to'p" sovrindoriga aylanadi

Foto: Arab observer

Foto: Arab observer

Jahon futbolidagi asosiy individual sovringa da’vogarlar reytingidagi o‘rinlarni e’lon qilish Toshkent vaqti bilan17- oktabr soat 19:30 da start oladi. 22:00 gacha 30-o‘rindan 11-o‘ringacha o‘rinlar ochiqlanadi.

Soat 23:30 da asosiy tantanali marosim boshlanadi, unda eng kuchli 10 nafar da’vogar va "Oltin to‘p" sohibi hamda marosimning boshqa sovrinlari ma’lum qilinadi.

Shuningdek, bugun ayollar "Oltin to‘p"i, eng yaxshi darvozabon uchun Lev Yashin mukofoti, eng yaxshi hujumchi uchun Gerd Myuller mukofoti, eng yaxshi yosh futbolchi uchun Kopa Trophy, eng yaxshi klub mukofoti, shuningdek, "chempionlar tomonidan amalga oshirilgan birdamlikning eng yaxshi harakatlari uchun" Sokrates nomidagi sovrin topshiriladi.

Bu yil "Oltin to‘p" birinchi marta kalendar yilida emas, balki bir mavsumdagi ko‘rsatkichlar natijalariga ko‘ra topshirilishi kutilmoqda.

"Oltin to‘p-2022"ni qo‘lga kiritishga 30 nafar nomzod bor:

Foto: The Top Flight

Foto: The Top Flight

Qayd etilishicha, Karim Benzema katta farq bilan ushbu sovringa ega chiqadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar