Yevropa Ittifoqi butunlay elektromobillarga o'tishga qaror qildi

2035-yilga borib benzin va dizel dvigatelli yangi avtomobillar sotish taqiqlanadi

Foto: Sunday times

Foto: Sunday times

Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar 13 yildan soʻng oʻz hududida ichki yonuv dvigatelli yangi avtomobillarni sotish va roʻyxatdan oʻtkazishni taqiqlash haqida kelishib oldi.

Qayd etilishicha, bir qator yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari, xususan, Volkswagen, Jaguar, Ford, Bentley Motors, Peugeot, Citroen va Fiat 2035-yilga borib, yoki undan ham oldinroq Yevropa bozorlariga faqat elektromobillarni taqdim etishni eʼlon qilishdi.

Biroq, bu yetakchi konsernlar boshqa mintaqalar uchun anʼanaviy avtomobillar ishlab chiqarishdan voz kechishini anglatmaydi.

2035-yildan boshlab benzin va dizel dvigatelli yangi avtomobillarni sotishni toʻliq taqiqlashdan tashqari, Yevropa Ittifoqi davlatlari "CO2" chiqindilari boʻyicha yanada qattiq standartlarini joriy etishga kelishib oldilar.

2030-yilga kelib ularni 2021-yil darajasiga nisbatan 37,5 foizga emas, 55 foizga kamaytirishga qaror qilindi. Bu qaror Yevropa komissiyasi va Yevropa parlamenti tomonidan maʼqullangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling