Foto: Yandex
O‘zbekistonda benzinning yangi narxlari belgilandi. UNG yoqilg'i quyish shoxobchalarida AI-80 narxining arzonlashishi asosiy voqea bo'ldi. Hozirda bu turdagi yoqilg‘i litri 5 700 so‘mdan sotilmoqda (avvalgi narxi 6 800 so‘m edi).
Agar boshqa yoqilg‘i quyish shoxobchalariga to'xtaladigan bo‘lsak, “Intran Servis” yoqilg‘i quyish shoxobchasi ham narxni pasaytirganini ko‘rish mumkin.
Bir necha kun avval ushbu yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-80 narxi 7 100 so‘mgacha ko‘tarilgan edi. Endilikda ushbu yoqilg‘i quyish shoxobchalarida eng arzon benzin turi 6 600 so‘mdan sotilmoqda.
Mustang yoqilg‘i quyish shoxobchasida AI-80 6 950 so‘mdan sotilmoqda. 6-dekabr kuni uning narxi 6 800 so‘m edi.

Foto: UNG