Qirg'izistonda Kampir Obod suv omborining O'zbekistongga o'tishiga qarshi chiqqan 16 nafar muxolifatchi hibsga olindi. Bu haqda "Kaktus.media" xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hibsga olinganlar orasida Oliy sudning sobiq sudyasi Klara Sooronqulova, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq rahbari Keneshbek Duyshebaev, sobiq deputat Asiya Sasiqboeva, Qirg‘izistonning Malayziyadagi sobiq elchisi Azimbek Beknazarov va huquq himoyachisi Rita Karasartova ham bor.
Tashkilotning qolgan besh a'zosi: Bektur Asanov, Kubanich Qodirov, Ulug‘bek Mamatayev, Aidanbek Akmatov, Gulnora Jo‘raboyevalar qayerda ekanliklari hozircha noma’lum.
Xabarga ko'ra, siyosatchilar va faollarga nisbatan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining "Ommaviy tartibsizliklar" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Norin, Chuy IIB, Bishkek IIB va Ichki ishlar vazirligi Bosh tergov boshqarmasidan 36 nafar tergovchi faoliyat yuritmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling