Yangi yil arafasida Samarqanddagi ayrim ko'chalar yopiladi — ro'yxat

Cheklovlar 2023-yilning 5-yanvariga qadar davom etadi

Foto: Zarnews<br>

Foto: Zarnews

Yangi yil bayrami munosabati bilan ayrim koʻchalarda transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Samarqand IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Samarqand shahar hokimining 2022-yil 19-dekabrdagi farmoyishiga binoan Yangi yil bayramini yuqori saviyada oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish, “Prezident archasi” tadbirini tashkil etish yuzasidan shaharning quyidagi koʻchalarida 2023-yilning 5-yanvariga qadar transport vositalarining harakati cheklanadi:

  • Universitet xiyobonidagi Amir Temur haykali oldidan viloyat musiqali drama teatriga kirish koʻchasi va Koʻksaroy maydonida;
  • Alisher Navoiy va Kamol ota Turk koʻchasi kesishmasida;
  • Beruniy koʻchasining Rudakiy koʻchasi bilan kesishgan qismidan Temiryoʻl vokzali maydonigacha;
  • Turkiston koʻchasining TATU Samarqand filiali akademik litseyi binosi oldidan oʻtgan 200 metr qismida;
  • Kimyogarlar qoʻrgʻoni Umid koʻchasining Ziyokorlar koʻchasi bilan kesishgan tutashmasidan Dargʻom koʻchasigacha boʻlgan qismida;
  • Kimyogarlar qoʻrgʻoni Dargʻom koʻchasining “Nurafshon” sanʼat saroyi oldidan oʻtgan qismida;
  • Xishrav qoʻrgʻoni Zakovat koʻchasining Almati koʻchasi bilan kesishmasidan Mevali koʻchasigacha boʻlgan qismida;
  • Xishrav qoʻrgʻoni Zakovat koʻchasining 2-Madaniyat va dam olish markazi binosi oldidan oʻtgan qismida;
  • Farhod qoʻrgʻonidagi “Zarafshon” istirohat bogʻiga tutash koʻchalarda;
  • Qorasuv massividagi 99-116 uylar oldidan oʻtuvchi tutash koʻchalarda.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling