Foto: Twitter
Oʻzsanoatqurilishbank o'zining hududiy filiallari mashina parkini yangilamoqda. Bu holatga "Davletov" Telegram kanali e'tibor qaratdi.
Qayd etilishicha, bank hududiy ofislariga har biri 249 mln soʻm boʻlgan oltita "Tracker-2 TRK Premier" xarid qilish uchun "UzAuto Motors" dilerlari bilan shartnoma imzolagan. Buning uchun qariyb 1,5 mlrd soʻm sarflagan.
Bank bundan avvalroq har biri 450 mln soʻm boʻlgan uchta "Equinox" avtomobilini xarid qilish uchun "UzAuto Motors" dilerlari bilan shartnoma imzolagan edi.
Ma'lumot uchun, Oʻzsanoatqurilishbankning asosiy taʼsischilari davlat organlari va davlat jamgʻarmalari hisoblanadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling