Foto: Sportbox
JCH-2022 “B” guruhida AQSH va Uels terma jamoalari durang oʻynashdi. “Ahmed bin Ali” stadionida kechgan uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
Uchrashuvda hisob 36-daqiqada Amerika jamoasi futbolchisi Timoti Vea tomonidan ochildi.
"B" guruhida 1-turdan keyingi holat
82-daqiqada Uelsda hisobni tenglashtirish imkoniyati paydo boʻldi. AQSH terma jamoasi futbolchisi Uoker Simmerman jarima maydonchasida Garet Beylni yiqitdi va bosh hakam Abdulrahmon Al Jassim penaltidan belgiladi. Beyl penaltini golga aylantirib, yakuniy hisobni oʻrnatdi - 1:1.
JCH-2022. AQSH — Uels 1:1
21-noyabr, “Ahmad ibn Ali” stadioni
Gollar: Vea (36) — Beyl (82, penalti).
AQSH – Terner, Dest (Yedlin, 74), Rim, Simmerman, Robinson, Adams, Makkenni (Aaronson, 66), Musa (Akosta, 75), Pulishich, Vea (Morris, 88), Sarjent (Rayt, 74).
Uels – Hennessi, Roberts, Devis, Rodon, Mifem, Uilyams (Jonson, 79), Ampadu (Morrell, 90+5), Remzi, Uilson (Tomas, 90+3), Beyl, Jeyms (Mur, 46).
Ogohlantirishlar: Dest (11), Makkenni (13), Beyl (40), Mifem (45), Rim (51), Akosta (90+10).
Eslatib oʻtamiz, bu Beyl uchun jahon chempionatlaridagi ilk gol boʻldi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling