Mash Gulnora Karimovaning olib qo‘yilgan 200 mln rubllik uyini ko‘rsatdi - video

Uy joylashgan yerda diplomatlar, shou-biznes yulduzlari va milliarderlar yashaydi

Videodan kadr

Videodan kadr

Gulnora Karimovaning Rossiyadagi musodara qilingan mulklari orasida 200 million rubllik uyi ham bor, deb xabar berdi "Mash" nashri.

Ma'lum qilinishicha, uy Moskva viloyati, Odintsovo tumanida joylashgan. Uy Federal xavfsizlik xizmati nazorati ostida. Bu hududda diplomatlar, shou-biznes yulduzlari, milliarderlar yashaydi.

Saroyning maydoni 500 metr, uchastkasi 4600 kvadrat. Hovli uch metrlik panjara bilan o'ralgan, atrofida qarag'ay o'rmoni mavjud.

2021-yil fevralida Moskva shahar sudi Karimovaning “jinoiy yo‘l bilan orttirilgan daromadlar” evaziga sotib olingan Moskvadagi oltita kvartirasini musodara qilish to‘g‘risida qaror chiqargan edi.

Bir necha kun avval O‘zbekiston va Rossiya Gulnora Karimovaning musodara qilingan kvartiralarini sotishdan tushgan mablag‘ni teng taqsimlashga kelishib olishganini ma'lum qilishdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling