Foto: Telegram
Ijtimoiy tarmoqda Angren neftebazasida avariya sodir etilganligi bilan bogʻliq tarqalgan xabar yuzasidan korxona boshligʻi D.Azimov munosabat bildirdi:
Ma'lum bo'lishicha, 10-dekabr kuni taxminan soat 20:10 da Angrenneftebazasi hududida 500 metr kub hajmdagi 20-sonli sigʻim (rezervuar) sifonining joʻmragi havo harorati pasayishi munosabati bilan muzlab yorilish yuz bergan.
Natijada, sigʻimda boʻlgan AI-80 benzin yoqilgʻi mahsuloti 11 ming 500 litr toʻkilgan. Sodir boʻlgan avariya holati zavod ishchi-xodimlari tomonidan shu kunning oʻzida soat 20.45 da bartaraf qilingan. Hech kimga jiddiy zarar yetkazilmagan.