Bundan bir necha kun avval o'zbek kino aktrisasi Zarina Nizomiddinova O'zbekistonga qaytdi. Shu bilan birga, aktrisa mahalliy loyihalarda ishtirok etishini ma'lum qildi.
Uning so'zlariga ko'ra, yaqin kunlarda aktrisa ishtirokida yangi loyihani suratga olish jarayonlari boshlanadi.
Ma'lum bo'lishicha, gap ”Parixona" seriali haqida ketmoqda.
Shuningdek, suratga olinishi kutilayotgan ushbu serialda, Feruza Sobitova, Sitora Alimjonova, Muqaddas Sa'dullayeva, Yigitali Mamadjonov, Feruza Normatova va boshqalar kabi mashhur aktyorlar ham ishtirok etmoqda.
Eslatib o'tamiz, yaqinda aktrisa uzoq vaqtdan beri yuzini yashirib kelgan turmush o'rtog'ini suratini oshkor qilgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling