Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida avtomobil yukxonasida yo'lovchi olib ketayotgan haydovchiga chora ko'rildi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar hududida YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilganda "Cobalt" haydovchisi yukxonasida yo‘lovchi olib ketayotganligi aniqlangan.
Xaydovchidan nega yukxonaga yo'lovchi mindirib olgani haqida so'ralganda, u bundan bexabarligini ta'kidlagan.
"Yukxonaga chiqib olganini ko'rmabman", — deydi u.
Mazkur holat yuzasidan haydovchiga belgilangan tartibda choralar ko'rilgan.
"Barcha haydovchilardan odam tashish qoidalariga amal qilishlarini, yo‘lovchilar o‘z salomatliklari uchun haydovchining qoidabuzarligiga ko‘z yummasliklarini so‘rab qolamiz", — deyiladi IIB xabarida.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling