Foto: Darakchi
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida aholi xonadonlarining biridagi issiqxonada, pomidor ko'chatlari bilan birga yetishtirilayotgan giyohvandlik o'simliklari aniqlandi. Bu haqda "Nasaf tv" xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, pomidor orasida yetishtirilayotgan giyohvandlik o'simliklari tartib bilan sanoqdan o'tkazilganda, ular jami 19 tup ekanligi aniqlangan.
Mutasaddilar ayoldan ushbu o'simliklarni nima maqsadda yetishtirayotganini so'raganda, ayol ularni shunchaki pomidor ko'chati deb o'ylaganini ta'kidlagan.
"Iyun oylarida bozordan pomidor ko'chat deb o'ylab olib kelib, ekkanman. Dalaga ko'chat qilib chiqaraman degandim. Uni daraxt deb o'ylaganman. Pomidor ko'chatlarim qurib qoldi, ularni olib tashladim. Bu qurimadi. Men bilmay ekkanman, kechiringlar meni", — deydi ayol.
Xabarga ko'ra, Chiroqchi tumanida o'tkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan mazkur holatda issiqxonadan jami 19 tup giyohvandlik o'simligi va 350 gr quritilgan barglari holislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasdan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling