Foto: Uzreport
21-oktyabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva videokonferensaloqa orqali xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari raislari hamda kotibiyatlari mudirlari bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuvda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mahalliy byudjetni shakllantirish muhokama qilindi.
Ma'lum qilinishicha, ayrim hududlarda ishlar sifatli bajarilmay kelingan. Xususan, “Yashil makon” umummilliy aksiyasi doirasida 2022-yil bahorda daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.
Jumladan, daraxt ekish ishlarini tizimli tashkil etmasdan, sug‘orish va parvarishlash uchun tegishli mas’ullar biriktirilmagan.
Qayd etilishicha, haqiqatda ekilmagan 6,2 mln dona ko‘chat hisobotlarga qo‘shib yozilgan, 3,4 mln dona ko‘chat sug‘orish tizimi bo‘lmagan joylarga ekilgan, 2,4 mln dona ko‘chat suvsizlik va yetarli parvarish bo‘lmaganligi sababli bahor tugamasdan qurib nobud bo‘lgan. Yerning tabiiy iqlim xususiyatlarini inobatga olmagan holda 341 ming dona ko‘chat yaroqsiz yerlarga ekilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling