JCH-2022. Argentina qiyinchilik bilan Avstraliyani taslim qildi

Bahsdagi barcha gollar Janubiy amerikaliklar hisobiga yozildi

Foto: Sky Sports

Foto: Sky Sports

Jahon chempionati 1/8 finalida Argentina Avstraliya ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Bahsdagi barcha gollar Janubiy amerikaliklar hisobiga yozildi. Messi va Alvares Avstraliya darvozasini ishgʻol qilgan boʻlsa, Enso Fernandes oʻz darvozasiga toʻp kiritib qoʻydi.

Argentina – Avstraliya 2:1

3-dekabr, 23.59, “stadion Axmed bin Ali”

Gollar: 1:0 – 35 Messi, 2:0 – 57 Alvares, 2:1 – 77, avtogol Fernandes.

Argentina – Martines, Molina (Montyel, 80), Otamendi, Romero, Akunya (Talyafiko, 72), De Pol, Mak Allister (Palasios, 80), Fernandes, Gomes (Martines, 50), Messi, Alvares (Martines, 71).

Avstraliya – Rayan, Degenek (Karachich, 72), Suttar, Roulz, Bexich, Makgri (Gudvin, 58), Muy, Bakkus (Xrustich, 58), Irvayn, Lekki (Kuol, 72), Dyuk (Maklaren, 72).

Ogohlantirishlar: Irvayn (15), Degenek (38).

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar