Ijtimoiy tarmoqlarda erkak Labo yukxonasida farzandlarini olib yurgani to'g'risida videolar tarqaldi. YHXX matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan bayonot berdi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu voqea ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan qidiruv ishlari olib borilib, erkak shaxsi aniqlangan.
Qayd etilishicha, u bilan suhbat davomida erkak maktab masofasi uzoq ekani va u tomonga transport qatnamasligi sababli farznadlarini maktabga tashlab qo'yish uchun olib ketayotganini aytgan.
Uning ma'lum qilishicha, mashinadagi yo'lovchiga mo'ljallangan o'rindiqda o'z otasi ketayotgani sababli farznadlarini yukxonada olib ketishga majbur bo'lgan.
Mazkur holat yuzasidan haydovchi bilan profilaktik suhbat olib borilgach, ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling