Bayden: “Agar Putin yadroviy quroldan foydalanmoqchi bo'lmasa, nega u doim bu haqida gapiradi?”

Putin Rossiya yadro qurolidan foydalanish bilan tahdid qilmagani va faqat Gʻarb yetakchilarining yadroviy shantajiga javob berganini aytdi

Foto: News Yahoo

Foto: News Yahoo

Amerika prezidenti Jo Bayden Putinning Ukrainaga qarshi urushda yadro qurolidan foydalanish ehtimoli haqida gapirdi.

Putin 27-oktyabr kuni nutqida Rossiya yadro qurolidan foydalanish bilan tahdid qilmagani va faqat Gʻarb yetakchilarining yadroviy shantajiga javob berganini aytdi.

“Agar uning bunday niyati yoʻq boʻlsa, nega u yadroviy qurol haqda gapiradi? Nega u taktik yadro qurolidan foydalanish qobiliyati haqida gapiradi?”, — dedi Bayden NewsNation telekanaliga bergan intervyusida.

Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik kommunikatsiyalar boʻyicha koordinatori Jon Kirbi "CNN" telekanaliga bergan intervyusida Rossiya “dirty bomb”dan foydalanish imkoniyatini koʻrib chiqayotgan boʻlishi va buning uchun Ukrainani ayblash uchun bahona yaratishi mumkinligini aytdi.

Kirbining qayd etishicha, Vashington hali buning alomatlarini sezmagan.

“Ular koʻpincha qilayotgan yoki qilmoqchi boʻlgan ishlarida boshqalarni ayblashadi. Shuning uchun biz buni jiddiy qabul qilishimiz kerak. Hozir biz ruslar ”dirty bomb“ ishlatishni rejalashtirayotgani yoki buni tayyorlayotgani haqida hech qanday alomat koʻrmayapmiz”, dedi Kirbi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling