Foto: Mudofaa vazirligi
3-avgust kuni Termiz shahridagi poligonda Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi "Hamdoʻstlik -2022" harbiy mashgʻulotlari boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, 4-avgust kuni Tojikiston harbiylari Termizga yetib kelgan va "Hamdoʻstlik-2022" qoʻshma mashgʻulotlariga tayyorgarlik boshlangan. Tojikiston harbiylari Termiz garnizoriga joylashtirilgach, tomonlar harbiy mashgʻulotlar oʻtkazish gʻoyasiga muvofiq harakatlar rejasini oʻrganib chiqqan.
Foto: Mudofaa vazirligi
4-avgust kuni qo‘shma mashg‘ulotlarning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgani maʼlum qilindi. Unda Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi qoʻmondoni general-mayor Zaynobiddin Iminov hamda Tojikiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻi oʻrinbosari, general-mayor Egamzod Sharof Xudoyberdi ochilish marosimida soʻzga chiqib, birgalikdagi doʻstona oʻquv ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlik rishtalarini yanada mustahkamlashiga ishonch bildirgan.
Shundan soʻng ikki davlat madhiyasi sadolari ostida Oʻzbekiston va Tojikiston Respublikalari davlat bayroqlari koʻtarilgan. “Hamdoʻstlik—2022” oʻquviga jalb etilgan harbiylar harbiy orkestr sadolari ostida saf maydonidan shaxdam oʻtishgan.
Foto: Mudofaa vazirligi
Tantanali ochilish marosimidan keyin Termiz umumqoʻshin dala-o'quv maydoni oʻquv nuqtalarida va toʻsiqlar yoʻlaklarida oʻzbek harbiy xizmatchilari tomonidan koʻrgazmali mashqlar bajarilgan. Ushbu mashg‘ulotlar davomida o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar yaqindan jang qilish, yaradorlarni evakuatsiya qilish va soxta dushman hujumini qaytarish texnikasi va usullarini namoyish etgan. Ushbu mashqlarni kuzatish jarayonida tojikistonlik harbiylar ham oʻzlarini sinab koʻrgan.
Foto: Mudofaa vazirligi
Foto: Mudofaa vazirligi