Foto: Teznews
2022-yilning 9 oyida Ombudsman nomiga harakati cheklangan shaxslarga nisbatan ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda bosim oʻtkazilgani masalasida 143 ta shikoyat kelib tushdi. Bu haqda AOKAda Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) axborot xizmati tomonidan maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, Ombudsman va uning huzuridagi jamoatchilik guruhlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga 297 ta monitoring tashrifi amalga oshirilgan.
Ombudsman nomiga ruhiy, psixologik, jismoniy va boshqa tarzda bosim o'tkazilganligi yuzasidan 143 ta kelib tushgan shikoyatlar nazoratga olingan. Ushbu shikoyatlarning 72 tasi yuzasidan huquq targ'ibot xodimlari harakatlariga nisbatan xizmat tekshiruvlari natijasida ko'rsatilgan vajlar tasdiqlanmagan, 46 shikoyat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.
Shikoyatlarning 14 tasi yuzasidan Jinoyat kodeksiga muvofiq jinoyat ishini qo'zg'atishni rad qilish haqida qabul qilingan qarorlar yuqori turuvchi prokuratura organlari tomonidan bekor qilingan. Ushbu holatlar yuzasidan qo'shimcha tergovga qadar tekshiruv o'tkazish belgilangan. IIV tomonidan o'tkazilgan tekshiruv yakunlariga ko'ra, 11 nafar xodimga nisbatan intizomiy ta'sir choralari qo'llanilgan va bir nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Prokuratura tomonidan o'tkazilgan o'rganishlarga ko'ra bitta shikoyat bo'yicha bir nafar mahkumga qo'llanilgan intizmoiy ta'sir chorasi noqoqnuniy deb topilib, bekor qilingan.
Shuningdek, ushbu shikoyatlardan ittasi yuzasidan ichki ishlar organlarining bir nafar xodimi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og'ir shikast yetkazish) hamda 230 prim. 1 moddasi 1-qismida (dalillarni sohtalashtirish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga nisbatan 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi taynlangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling