Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning ikkita tumani bir kunga ichimlik suvisiz qoladi

Yer ustki metro yoʻli qurilish ishlari munosabati bilan ichimlik suv tarmogʻini koʻchirib oʻtkazilgan qismini qayta ulash ishlari olib boriladi

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Sergeli tuman Qipchoq koʻchasidan oʻtuvchi yer ustki metro yoʻli qurilish ishlari munosabati bilan D-1000mm boʻlgan ichimlik suv tarmogʻini koʻchirib oʻtkazilgan qismini qayta ulash ishlari vaqtida joriy yilning 20-dekabr kuni 9:00 dan 21-dekabr kuni 9:00 gacha vaqtincha suvsiz qoldiriladi, deya xabar bermoqda “Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJ.

Sergeli tumani boʻyicha:

“Qorasuv”, “Taraqqiyot”, “Xonabod”, “Qushbegi”, “Xonabodtepa”, “Quruvchilar”, “Daryo boʻyi”, “Fayzli”, “Jaloir”, “Qipchoq”, “Sugʻdiyona”, “Oʻzgarish”, “Habibiy”, “Temir yoʻlchi”, “ Shukur Burxonov”, “Yangi Sergeli”, “Tinchlik”, “Guliston”, “Bobur”, “Ittifoq”, “Nilufar”, “Xumo” mahallalarida.

1-sektor shtabi, qabriston, masjid, asfalt zavod va har xil turdagi ishlab chiqaruvchi korxonalar. 8-Qozonxona (TS-8), TBK nasos stansiyasi, yongʻinga qarshi kurash boʻlimi, “Rersi” zavodi, “Paxta tola” zavodi, gʻisht zavodi, bojxona ombori, 25-sonli oʻrta maktab.

Yangixayot tumani boʻyicha:

“Qipchoq”, “Yuldosh”, “Al-Fargʻoniy”, “Viqor”, “Olchazor”, “Doʻstlik”, “Chortoq”, “Charagʻon”, “Toshkent” mahallalarida.

1-sonli Tugʻruq kompleksi, 37-sonli poliklinika, teri tanosil shifoxonasi (KVD), oʻlikxona, Yangixayot hokimyati, doka xleb, metall zavodi, 12-avtobus parki, KNS, “Green park”, “Evrika” xususiy bogʻchasi.

Suvsiz qolgan hududlarga ichimlik suvi maxsus texnikalarda yetkazib beriladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling