FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berishicha, 14-noyabr kuni Oʻzbekistonda ikkinchi marta zilzila sodir boʻldi.
Qayd etilishicha, Qirgʻizistonda Toshkent vaqti bilan 13:01 da sodir boʻlgan.
Xabarga koʻra, zilzila koordinatalari: 40,51 gradus shimoliy kenglik; 72,69 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3. Chuqurlik 20 kilometr. Zilzila epitsentri Toshkentdan 304 km janubiy-sharqda joylashgan.
Oʻzbekiston hududida sezilish kuchi:
— Xoʻjaobod tumanida — 2-3 ball, 17 kilometr.
— Buloqboshi tumanida — 2-3 ball, kilometr.
— Jalaquduq tumanida — 2 ball, 25 kilometrni tashkil etgan.
Shuningdek, avvalgi zilzila Toshkent vaqti bilan 03:07 da qayd etilgan. Uning epitsentri Tojikiston hududida joylashgan. Zilzila oʻchogʻidan Toshkentgacha boʻlgan masofa janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 149 km boʻlgani qayd etilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling