Foto: Daryo
Oʻzbekistonda 14-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan 15:42 da bir kun ichida uchinchi marta zilzila sodir boʻldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, zilzilaning epitsentr Jizzax viloyati, Zarbdor tumanlaridir.
Zilzila koordinatalari: 40,24 gradus shimoliy kenglik; 68,31 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,1. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 137 km janubiy-gʻarbda.
Zilzilaning Oʻzbekiston hududlarida sezilish kuchi:
Sardoba tumanida 3 ball, 10 km.
Zarbdor tumanida 3 ball, 16 km.
Paxtakor tumanida 2-3 ball, 26 km.
Oqoltin tumanida 2 ball, 32 km.
Xovos tumanida 2 ball, 34 km.
Avvalroq, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida, kunduzi esa Andijonda yer qimirlashi sodir boʻlgani haqida xabar berilgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling