Foto: Rossiya elchixonasi matbuot xizmati
Samarqandda Oʻzbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari qoʻshma komissiyasining uchinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Rossiya elchixonasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yigʻilish davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum va bitimlarni imzolash marosimlari boʻlib oʻtgan.
Hujjatlar quyidagilardan iborat:
— Oʻzbekiston va Rossiya bojxona xizmatlari vakolatxonalarini ochish;
— tovar kelib chiqishini sertifikatlashtirishning elektron tizimlarini oʻzaro qoʻllash;
— mamlakatlar oʻrtasida tovarlar va transport vositalarini olib oʻtishda bojxona operatsiyalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibini tashkil etish;
— aholining moliyaviy savodxonligini oshirish sohasida hamkorlik qilish;
— jismoniy tarbiya va sport sohasida kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish;
— mehnat migrantlarining mehnat huquqlarini himoya qilish sohasida birgalikdagi faoliyat;
— sanoat kooperatsiyasini kengaytirish;
— transport sohasida hamkorlik.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling