Foto: vesti/ru
Ijtimoiy tarmoqlarda Shakira 24 yoshli syorfing oʻqituvchisi bilan uchrashib yurgani haqida turli xabarlar tarqaldi. Xonanda bu mish-mishlarga munosabat bildirdi.
“Farzandlarimga va ular hozir nimalarni boshdan kechirayotganiga hurmatim tufayli, men ommaviy axborot vositalaridan turli xil taxminiy, haqiqatga asoslanmagan xabarlarni tarqatishni bas qilishlarini soʻrayman. Meni ortimdan tarqalgan bu mish-mishlar haqida hech qanday fikrim yoʻq. Lekin men hozir oʻzimni farzandlarimga bagʻishlamoqchiman”, — deydi u.
Foto: geo.tv
Maʼlum boʻlishicha, xonanda va yosh yigitning birga tushgan bir qancha suratlari allaqachon tarmoqlarda paydo boʻlib ulgirgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling