Foto: O'zA
Oʻzbekiston hududida 6-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan 08:56 da zilzila sodir boʻldi. Bu haqida FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila asosiy hududi Toshkentdan 472 km janubiy-gʻarbda qayd etilgan.
Zilzila epitsentri Buxoro viloyati, Peshkoʻ tumani bo'lgan.
Oʻzbekiston hududida sezilish kuchi:
- Peshkoʻ tumanida 4 ball, 26 km.
- Shofirkon tumanida 2-3 ball, 66 km.
- Konimex tumanida 2 ball, 90 km.
- Jondor tumanida 2 ball, 91 km.
- Romitan tumanida 2 ball, 95 km'ni tashkil qilgan.