Toshkentda do'kondan 42 mln so'mlik saryog'ni o'g'irlagan erkak qo'lga olindi

Fuqaro bir yarim oy davomida mahsulot o‘g‘irlagani aniqlangan

Foto: IIB matbuot xizmati<br>

Foto: IIB matbuot xizmati

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi doʻkonlarning biridan bir yarim oydan buyon buyon saryogʻ oʻgʻirlab kelgan fuqaro ushlandi. Bu haqda Toshkent IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Chilonzor tumani IIO FMBga 1-dekabr kuni murojaat kelib tushgan. Unga koʻra, 2022-yilning 15-oktyabrdan 30-noyabr kunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida, nomaʼlum shaxs, shu tumandagi doʻkonlarning biridan jami 42 mln 320 ming soʻmlik saryogʻni oʻgʻirlab ketgan.

Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan hamda doʻkonga haridor sifatida kelib yurgan 33 yoshli shaxs ekanligi aniqlanib, qoʻlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling