Foto: Repost.Avto
O‘zbekistonda yildan-yilga xorijiy avtomobillar soni ortib bormoqda. Bu mashina ixlosmandlarining xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillarga qiziqishi ortib borayotganidan dalolat beradi, mos ravishda ularning bir qismi Sergeli avtomobil bozorida ham sotiladi.
Lexus 330
Yapon mashinasi 230 ot kuchiga ega 3,3 litrli dvigatel bilan jihozlangan. Harakatlanishi old g'ildirakka ega va avtomatik uzatmalar qutisi mavjud. U 7,7 soniyada noldan yuz tezlikkacha chiqa oladi va uning maksimal tezligi 180 km/soatni tashkil qiladi.
Mashina 2004-yilda ishlab chiqarilgan, yaxshi holatda, egasi esa 17 500 dollar evaziga u bilan xayrlashishga tayyor ekanligini aytgan.
Mercedes-Benz Vito
Foto: “Repost Avto”
O'rta yoshli nemis minivenida 136 ot kuchiga ega 2,1 litrli dvigatel mavjud. Noldan yuz tezlikka chiqish uchun mashina 9,5 dan 12,7 soniyagacha sarflaydi. Maksimal tezligi esa 165 km/soat.
Ko'rinib turibdiki, mashina juda yaxshi holatda. Undan tijorat maqsadlarida foydalanish va yaxshi pul ishlash mumkin. Uning yurgan masofasi 225 ming kilometr, narxi esa 17 500 dollar.
Toyota Land Cruiser
Foto: “Repost Avto”
Avtomobil bozorida juda ko'p "Kruzaklar" mavjud, ammo bu boshqalar bilan solishtirganda hamyonbop narxi va xususiyatlari bilan ajralib turadi. Yo'ltanlamasda 271 ot kuchiga ega to'rt litrli dvigatelga bor. Katta vazniga qaramay, yuz tezlikka avtomobil 13,8 soniyada erishadi, uning maksimal tezligi 180 km / soat.
Avtomobil vizual jihatdan deyarli mukammal holatda. Yurgan masofasi atigi 111 ming kilometr. Mashinaning narxi esa 40 000 dollar.
Hyundai Equus VS380
Foto: “Repost Avto”
Ushbu avtomobil 280 ot kuchiga ega 3,9 litrli dvigatel bilan jihozlangan. U yuzga 7,3 soniyada chiqa oladi va maksimal tezligi soatiga 240 km.
Mashina haqiqatdan ham mukammal holatda. Masofa ham unchalik katta emas - 45 ming kilometr va uning narxi biroz qimmatroq - 55 000 dollar.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling