Shomurodov "Roma" safida may oyidan beri ilk bor gol urdi

Shunga qaramay, italiyaliklar 2:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi

"Roma" jamoasining o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov "Ludogorets" darvozasini ishg‘ol qildi.

Maʼlum qilinishicha, uchrashuv Yevropa Ligasining 2022/2023 yilgi mavsumi guruh bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan.

Shomurodovning goliga qaramay, “Roma” 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Qayd etilishicha, "Ludogorets" safida Kauli va Nonato gol urishgan.

O'tgan yozda Shomurodov "Roma"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi . Insayderlar uning "Torino" va "Bolonya"ga oʻtishi mumkinligini ta'kidlashdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling