Italiyada birinchi marta hukumat rahbari lavozimini ayol kishi egalladi

Jorj Meloni Italiya bosh vaziri bo'ldi va u prezidentdan vazirlar mahkamasini shakllantirish mandatini olgan

Jorj Meloni Italiya bosh vaziri bo'ldi. Mamlakat hukumati rahbari lavozimini birinchi marta ayol kishi egalladi. Bu haqda Euronews xabar beroqda.

Qayd etilishicha, 21-oktyabr kuni u Quirinal saroyida Italiya prezidenti Serjio Mattarella bilan muzokaralar o'tkazgan va prezidentdan vazirlar mahkamasini shakllantirish mandatini olgan.

Xabarga ko'ra, Yevroparlamentning sobiq rahbari "Forward Italia" partiyasi raisi o'rinbosari Antonio Tajani — Tashqi ishlar vaziri, "Liga" partiyasi yetakchisi Matteo Salvini — Infratuzilma va transport vaziri, shuningdek, Raffaele Fitto — Yevropa hamkorlik vaziri bo'lgan.

"Jorj Meloni bosh vazir sifatidagi ishi energiya inqirozi va inflyatsiya sharoitida ko'plab qiyinchiliklarga to'la bo'ladi. Mamlakat byudjeti taqchilligi yalpi ichki mahsulotning 150 foiziga yetdi, bu Yevropa Ittifoqidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir", — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling