Foto: O'zbekiston temir yo'llari
“Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJ oʻrta koridor orqali Yevropaga birinchi konteyner poyezdini yubordi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 16-dekabr kuni Olmaliq kon metallurgiya kombinati yuklari ortilgan birinchi konteyner blok poyezdi Bolgariyaning Burgas portiga yuborilgan. Ushbu yuk poyezdi mis konsentratidan iborat 46 ta vagon va 91 dona 20 futlik konteynerdan tashkil topgan.
Konteyner poyezdi Oʻzbekiston—Turkmaniston—Ozarbayjon—Gruziya—Bolgariya/ Yevropa yoʻnalishi boʻylab 4 ming kilometrdan ortiq masofani bosib oʻtadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling