Deputatlar 2023-yilgi davlat budjeti to'g'risidagi qonun loyihasini birinchi o'qishda ma'qulladi

 Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foizdan oshmasligi belgilandi

Foto: XS.uz

Foto: XS.uz

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari 2023-yilgi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Bu haqda parlament quyi palatasida ma’lum qilindi.

2023-yilda O'zbekiston yalpi ichki mahsuloti 1068,0 trln so‘mni, davlat byudjeti daromadlari esa 232,1 trln so‘mni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 21,7 foizni tashkil etishi kutilmoqda. Shu bilan birga, 2023-yildan boshlab konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foizdan oshmasligi belgilanmoqda.

Davlatning jalb qilingan tashqi qarzining yuqori chegarasi 4,5 mlrd dollarni tashkil etadi, ichki obligatsiyalar chiqarishning yuqori chegarasi esa 17,0 trln so‘m miqdorida belgilanishi taklif etilmoqda.

Mahalliy budjetlar balansini ta’minlash maqsadida Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar budjetiga o‘tkaziladigan daromad solig‘i va foyda solig‘i tushumlarining ulushini qayta ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling