Vengriya OTP Banki Ipoteka-bankni sotib oldi

Sotib olish boʻyicha muzokaralar 2021-yilning bahorida boshlangan

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Vengriya OTP Banki tomonidan Ipoteka-bank bitimi imzolandi. Bu haqda “Bank va Mijoz” Telegram kanali xabar bermoqda.

Maʼlumot uchun, OTP Bank Ipoteka-bankni sotib olish boʻyicha muzokaralarni 2021-yilning bahorida boshlagan edi. Vengriya tomoni bankning 70% miqdoridagi nazorat paketini sotib olishi kutilgan edi. Ammo dunyodagi geosiyosiy vaziyat tufayli jarayon toʻxtatilgan.

Maʼlum qilinishicha, OTP Bank joriy yilning noyabr oyi oʻrtalarida Oʻzbekiston “Ipoteka-bank”ni xususiylashtirish jarayonini yana tiklagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling