Foto: drive2
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov 2022-yil 18-oktyabrda Bandixon tuman hokimligiga “Skoda Kodiaq Ambition” xizmat mashinasini xarid qilish uchun 429 mln so‘m o‘tkazish to‘g‘risida 23-8-0-F/22-sonli farmoyishni imzolagan.
Ma'lum qilinishicha, ushbu farmoyish Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o'rganilgan.
Hukumat qarori bilan belgilangan me'yorlarga ko‘ra, tuman va shahar hokimliklarining rahbarlariga sotib olishga ruxsat etilgan xizmat avtotransportining eng yuqori narxi BHMga nisbatan 1000 barobari (300 mln so‘m), rahbar o‘rinbosarlariga esa bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan 700 barobari (210 mln so‘m) etib belgilangan.
Bandixon tumani hokimligiga sotib olinishi rejalashtirilgan xizmat avtotransportining narxi mazkur me’yorlarga zid bo‘lgan.
Shu munosabat bilan, Agentlik viloyat hokimligiga tegishli farmoyishini bekor qilish yuzasidan taqdimnoma kiritilgan hamda mazkur farmoyish bekor qilingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling