Videodan lavha
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev o‘z lavozimini tark etishga qaror qildi. Bu haqda u o‘zining shaxsiy Telegram-kanalida ma’lum qildi.
"Deputatlik faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Bunday ishlay olmas ekanman. Bunga majbur bo‘lganimdan afsusdaman.
Ishonch bildirgan, qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat! Rozi bo‘linglar", deb yozgan Rasul Kusherbayev.

Skrinshot
“Deputatlarning ogʻzini yopadigan zamlarni boridan yoʻgʻi yaxshi”, — deb yozgan Kusherbayev o'zining Twitter sahifasida.
Kusherbayev 2014-yildan buyon parlament quyi palatasi deputati sifatida faoliyat yuritgan. 2019-yilda esa deputatlikka qayta saylangan edi. 2020-yilgacha u innovatsiyalar, axborot siyosati va AKTni rivojlantirish qoʻmitasi aʼzosi ham boʻlgan.