Foto: Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati
Toshkent viloyatining Angren shahri hududida Isuzu yuk mashinasi 5 ta yengil avtomobil bilan yoʻl-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda viloyat IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yoʻl-transport hodisasi 12-dekabr kuni soat 15:10 larda Angren shahri hududidan oʻtuvchi A-373 M-39 Guliston—Boʻka—Angren—Qoʻqon va Andijon orqali—Oʻsh avtomobil yoʻlining 184-kilometrida sodir boʻlgan.
Foto: Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati
Harakat vaqtida 42 yoshli haydovchisi boshqaruvidagi Isuzu yuk avtomobilining tormozi ishlamay qolgan. Oqibatda yuk mashinasi oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan uchta Nexia va ikkita Cobalt avtomobillari bilan toʻqnashgan.
Foto: Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati
Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan. Mazkur YTH yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling