Ronaldu: "Yevro-2024"ga ham bormoqchiman

37 yoshli super hujumchi faoliyatini hozircha yakunlash niyatida emasligini aytdi

Foto: newstrenddetail

Foto: newstrenddetail

Portugaliya TJ sardori Krishtianu Ronaldu boʻlajak Yevropa chempionatida ham qatnashmoqchi. Bu haqda "Renascença" nashri xabar berdi.

“Yana qanchadir yil terma jamoaning bir qismi boʻlishga umid qilaman. Hali ham motivatsiyam bor, maqsadlarim yuqori. Terma jamoadagi yoʻlim hali nihoyasiga yetmagan.

Bizda yaxshi yosh oʻyinchilar koʻp. 2022-yil o'tkaziladigan Jahon chempionatida boʻlaman va Yevropa chempionati (2024)ga ham chiqishni xohlayman”, — degan 37 yoshli hujumchi.

Eslatib oʻtamiz, Qatardagi mundial 20-noyabrdan 18-dekabrgacha boʻlib oʻtadi. Yevro-2024 bahslariga esa Germaniya mezbonlik qiladi va musobaqaga 9-oktabrda qurʼa tashlanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling