Foto: aljazeera
Eronda norozilik namoyishlari 22 yoshli Maxa Amini politsiya tomonidan hibsga olingani va noto‘g‘ri hijob kiygani uchun kaltaklanib o‘lgani ortidan boshlandi, deb xabar berdi Al Jazeera.
Eron hukumatining bayonotiga koʻra, qiz yuragidagi muammolar tufayli vafot etgan.
Biroq, guvohlarning taʼkidlashicha, u vagonda kaltaklangan va oʻlimga bosh suyagi sinishi sabab boʻlgan.
Shundan so'ng, qizning qabriga norozi odamlar kela boshlagan va olomon “Diktatorga o'lim!” degan hayqiriqlar eshitilgach, namoyishchilarga qarata o't ochilgan.
Butun mamlakat bo'ylab ommaviy norozilik namoyishlari boshlanib ketgan. Ijtimoiy tarmoqlarga video joylashtirgan eronlik qizlar hijoblarini yoqib, sochlarini kesishni boshlagan.
Shuningdek, namoyishchilar gubernatorlik binosi oldiga yig‘ilib, yangi shiorlar bilan norozilik bildirgan. Ularga qarshi xavfsizlik kuchlari ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan.
Eron rasmiylari tergov boshlanganini e'lon qildi. Qizning o‘limiga aloqador politsiya xodimlari tergov qilinmoqda. Ular 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling