Eron oliy rahbari mamlakatda bo'layotgan ommaviy namoyishlarda AQSH va Isroilni aybladi

Vashington Eron aholisi uchun internetdan foydalanish imkoniyatini yengillashtirmoqchi

Foto: AP

Foto: AP

Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy mamlakatda bo'layotgan ommaviy norozilik namoyishlari haqida gapirdi.

U o'z chiqishi davomida namoyishlarni uyushtirishda AQSH va Isroilni aybladi hamda hijoblarni yirtib, masjidlar va politsiya mashinalariga o‘t qo‘yganlarning xatti-harakatlarini “g‘ayritabiiy” deb atagan.

“Buni kim rejalashtirgan? Shubhasiz, Amerika — yolg‘onchi, zo‘ravon, sionistik rejim va uning malaylari xorijdagi bir qancha xoin eronliklarning yordami bilan (uyushtirgan)”, — degan Oyatulloh Ali Xomayniy.

Eronda davom etayotgan norozilik namoyishlari fonida AQSh ushbu mamlakatga qarshi yangi sanksiyalar kiritishini e'lon qildi. Bu haqda prezident Jo Baydenning Oq uy saytida e’lon qilingan bayonotida aytildi.

“Shu hafta AQSH tinch namoyishchilarga nisbatan zo‘ravonlikda aybdor bo‘lgan shaxslarga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar kiritadi. Biz Eron mansabdorlarini javobgarlikka tortishda va eronliklarning erkin namoyishlar huquqini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz”, — dedi Bayden.

Shuningdek, uning ta’kidlashicha, Vashington Eron aholisi uchun internetdan foydalanish imkoniyatini yengillashtiradi, “xususan, xavfsiz tashqi platforma va xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish orqali”.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling