Bitkoin avgustdan beri eng yuqori ko'rsatkichga chiqdi

Uning narxi 24 ming dollardan oshdi

Foto: Daryo.uz

Foto: Daryo.uz

Dunyodagi eng yirik kirptovalyutaning o‘sishiga AQSH Federal rezerv tizimi (Fed) raisi Jerom Pauellning izohi sabab bo‘ldi. Investorlar uning gaplarini kelajakda pul-kredit siyosati yumshoqroq bo‘ladi degan ma’noda qabul qilishdi.

FTX kriptobirjasining bankrotligi ortidan bitkoin va boshqa kriptovalyutalar keskin arzonlashgan edi.

Keyinchalik kriptovalyuta bozoridagi optimizm AQSHda inflyatsiyaning pasayishi va Xitoyda karantin choralarining yumshatilishi fonida paydo bo‘ldi.

Toshkent vaqti bilan 2-fevral, soat 06:00 da bitkoin 24,2 ming dollar atrofida sotildi. Bu 13-avgustdan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.

12:00 ga kelib dunyodagi eng qimmat kriptovalyutaning narxi 23 792 dollar bo‘lib turibdi.

Bitkoinning bozor qiymati avgust o‘rtalarida 500 mlrd dollardan yuqori bo‘lib turgandi. Keyinchalik kriptovalyutaning bozor qiymati 300 mlrd dollargacha pasaydi. Ayni paytda bu ko‘rsatkich 458 mlrd dollarga teng va ko‘payib bormoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling