Foto: t.me/uzbek-MDK
O‘zbekistonda ayollar ta’lim muassasalariga borib, qizlar haqida ma’lumot to‘plash holatlari ko‘pchilikka ma’lum. Poytaxtdagi universitetlar bunday vaziyatlardan chiqish yo'lini topdilar.
Talabalarni bunday "sovchilar"dan asrash uchun endilikda dekanat eshiklariga maxsus murojaatnomalar osildi.
"Yaxshi niyatda so'rasangiz ham, yomon niyatda so'rasangiz ham, hattoki siz uchun ham bizda talaba qizlar haqida ma'lumot berilmaydi", — deb yozilgan devordagi eshikka.
"Bizda uzatiladigan qiz ham, ular haqida ma'lumot ham yo'q! Yaxshi qiz kerak bo'lsa mahallangizdan qidiring", — deyiladi boshqa bir yozuvda.
Aytish joizki, O‘zbekistonda bunday "kelin izlash" amaliyoti anchadan beri mavjud edi. Ba'zi oilalarda, agar qiz oliy ma'lumot olish bosqichida bo'lsa, bu obro'li hisoblanadi.
Tibbiyot yoki pedagogika oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan qizlarga talab ko'proq bo'ladi. Bundan tashqari, talabaning byudjet asosida o'qishi ham sovchilar uchun ayni muddao. Ko'rinishidan, ta’lim muassasalari vakillari bu amaliyotga chek qo‘yishni rejalashtiryapti.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling