Foto: Xabar 24
Freedom House oʻzining dunyo internet erkinligi darajasi boʻyicha navbatdagi yillik hisobotini eʼlon qildi.
Taqqoslash uchun, hisobotda Islandiya maksimal 100 balldan 95 ball bilan eng yuqori oʻrinda joylashgan boʻlsa, Estoniya, Kosta-Rika va Kanada undan keyingi oʻrinlarni egalladi.
Sobiq ittifoq davlatlari orasida Boltiqboʻyi davlatlaridan keyin Gruziya (77 ball) ham “interneti erkin” davlatlar qatoridan joy olgan. Eʼtiborlisi, gruzinlar bu borada Germaniya, Yaponiya, AQSH kabi davlatlarni ortda qoldirgan.
Shuningdek, Ukraina va Qirgʻiziston interneti 59 va 53 ball bilan “qisman erkin” deya eʼtirof etilgan.
Oʻzbekiston esa roʻyxatda Ozarbayjon (38), Qozogʻiston (32) va hatto Belarusdan (28) keyingi oʻrinlarda, “interneti erkin boʻlmagan” davlatlar qatoridan oʻrin olgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling