Foto: TOLO news
"Tolibon" AQSHdan afg'on uchuvchilari O'zbekistonga olib o'tgan aviatexnikani ularga topshirishni so'radi.
Qayd etilishicha, mazkur aviatexnikalar "Tolibon" Afg'oniston hokimiyatini qo'lgan kiritilgach afg'on uchuvchilari tomonidan O'zbekiston va Tojikistonga olib o'tilgan.
Ma'lum qilinishicha, gap "Mi-17" vertolyotlari haqida bormoqda.
Afg'oniston Mudofaa vaziri Muhammad Yoqub Mujohidning so'zlariga ko'ra, vertolyotlar Tojikiston va O'zbekistonga olib o'tilgan boshqa samolyotlar qatori "afg'onlarning mulki"dir.
Qayt etilishicha, AQSH tomonidan 16 tagacha "Mi-17" transport vertolyotlari Afg'oniston armiyasi uchun sotib olingan. Biroq, ta'minot amalga oshirilgunga qadar Afg'onistonda hukumat "Tolibon" qo'liga o'tgan.
Ma'lumotlarga qaraganda, hozirda AQSh O'zbekiston va Tojikistondagi Afg'oniston aviatexnikasi shu davlatlarda qoldirishni ko'rib chiqmoqda.
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, mamlakat parchalanishi davrida Tojikiston va O'zbekistonga avvalgi hukumatning 60 dan ortiq harbiy vertolyotlari olib kelingan.
Shuningdek, prezidentning Afg'onistondagi bo'yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev O'zbekistonga sobiq afg'on uchuvchilari olib o'tilgan aviatexnikalar qaytarilmasligini aytgan.
Ta'kidlanishicha, sud hukmiga binoan ushbu vertolyotlar AQShga tegishli va ulardan qay maqsadda foydalanish mamlakat hukumatining ishi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling